Reklamadan to'lovgacha — bitta panelda
Lidlar hamma kanaldan bitta joyga tushadi, sotuvchiga kimga va qachon qo'ng'iroq qilishni tizim o'zi eslatadi. Reklamaga sarflangan har bir dollar qancha so'm qaytarganini, kim qancha qarzdorligini va qaysi sotuvchi lidni yo'qotayotganini ko'rasiz.
Reklamaga pul ketyapti, lekin qancha qaytayotganini bilmayman
Reklama dollarda, sotuv so'mda, hisobot Excel'da. Qaysi kampaniya foyda keltirayotgani noma'lum.
→ Har kampaniya bo'yicha ROMI, CPL va CACSotuvchilar lidni yo'qotyapti
«O'ylab ko'raman» degan mijozga hech kim qayta qo'ng'iroq qilmaydi. Qarz va bo'lib to'lash daftarda qoladi.
→ Har lidda keyingi qadam va eslatmaYangi xodim 3–6 oyda zo'rg'a sotishni boshlaydi
Har kimni og'zaki o'rgatasiz, bir xil xatoni o'n marta tuzatasiz.
→ 14 kunlik akademiya CRM ichidaMijoz yo'li to'rt bosqichda, hammasi bir joyda
Lid keladi
Hamma kanaldan arizalar bitta ro'yxatga tushadi va sotuvchilarga navbat bilan taqsimlanadi.
- Instagram/Facebook lid-formalari — kampaniya va reklama nomi bilan
- Chiroyli veb-formalar: YouTube, Telegram, Instagram bio uchun alohida havola
- Telegram bot va katalog: mijoz yozgan har xabar kartaga tushadi
- Har yangi lidga «5 daqiqada bog'laning» vazifasi
Sotuvchi ishlaydi
Tayyor sotuv standarti: nima qilish kerakligini tizim o'zi aytadi.
- Voronka va kanban: tashrif, to'lov, qarz, qaytarish bosqichlari
- «5 urinish» qoidasi: SMS → qayta aloqa → Telegram → boshqa raqam
- Kartadan qo'ng'iroq, Telegram yozishma, ovozli yozuv
- Qo'ng'iroq paytida SPIN ssenariy va e'tirozlarga javoblar
Pul nazoratda
Reklama, to'lov va qarz bitta hisobotda, haqiqiy foyda bilan.
- ROMI, ROAS, CPL, CAC — Markaziy bank kursi bir tugma bilan
- Bo'lib to'lash jadvali va kechikish kunlari
- Shartnoma Word'da bir tugma bilan — sizning shabloningizda
- Servis vaqti kelganda mijozga o'zi eslatadi
Rahbar nazorat qiladi
Kim qaysi lid bilan qayerda turibdi — bir qarashda, hatto telefondan.
- Sotuvchilar samaradorligi: konversiya, SPIN %, vazifalar o'z vaqtida
- Rad etish sabablari, manbalar va kunlar bo'yicha konversiya
- Vazifa kechiksa — sifat nazorati guruhiga Telegram xabar
- AI yordamchi: «bu hafta sotuv nega tushdi?» deb so'rang
Ofis orqali sotasizmi yoki do'konmi — ikkalasiga ham
Har lidga ssenariy, 5 urinish qoidasi, IP-telefoniya va qo'ng'iroq yozuvlari.
To'lov jadvali, kechikkan kunlar va to'lovdan bir kun oldin eslatma.
Lid → sinov darsi → to'lov; o'quvchilarni qayta sotuvga qaytarish.
Mahsulotlar, narx, shovrum va AI maslahatchi — mijoz botdagi «Katalog» tugmasini bosadi.
Katalogni kim ochdi, nimani saqladi — ismi va @niki bilan. Issiq mijoz haqida sotuvchiga darhol xabar.
«Tashrifni kelishish» bosilsa lid tushadi, tashrifdan 1 soat oldin eslatma qo'yiladi.
Mijozlaringiz ham, xodimlaringiz ham Telegramda
Ilova o'rnatish shart emas. Mijoz katalogni bot ichida ochadi, xodim panelni bot menyusidan parolsiz ochadi.
- Mijoz botga yozgan matn, rasm, ovozli xabar — uning kartasiga tushadi, javob kartadan
- Do'kon uchun alohida bot: «Katalog» tugmasi, AI maslahatchi kunlik limit bilan
- Panelga Telegram orqali kirish va parolni tiklash
- Yangi lid, vazifa eslatmasi va ertalabki hisobot — botda
Reklamadan shartnomagacha — hisob to'g'ri
Sarf Meta'dan dollarda olinadi, sotuv so'mda hisoblanadi, tannarx ayiriladi. Qarz va bo'lib to'lash ham shu yerda.
📈 Reklama ROMI
💳 Bo'lib to'lash
Sotuvchiga — to'lovdan 1 kun oldin vazifa, mijozga — botdan eslatma.
📄 Shartnoma bir tugma bilan
Word shabloningizga mijoz, summa va to'lov jadvali o'zi qo'yiladi.
Raqamlar namuna sifatida berilgan.
Yangi sotuvchi 14 kunda sotuvga chiqadi
Video darslar, testlar va amaliy topshiriqlar CRM ichida. Darslar ketma-ket ochiladi, rahbar kim qaysi darsda turganini ko'radi. Tayyor kurslar: sotuv akademiyasi, sotuv psixologiyasi, 14 kunlik dastur.
Kompaniya, mahsulot, CRM bilan ishlash
SPIN, taqdimot, e'tirozlar bilan ishlash
Rolli o'yinlar, o'z ssenariysi, birinchi lidlar
Yakuniy test va 10 ballik rolli o'yin cheklisti
Sozlash shart emas — qutidan chiqib ishlaydi
| Mezon | Lidora | Odatiy CRM |
|---|---|---|
| Sotuv jarayoni | Tayyor standart: 5 urinish, tashrif, qarz, qaytarish, sifat nazorati | Voronkani o'zingiz yoki integrator quradi |
| Xodimlarni o'qitish | Akademiya va tayyor sotuv kurslari ichida | Alohida platforma kerak bo'ladi |
| Reklama | Meta kreativlari, kampaniyalar va ROMI — CRM ichida | Alohida servis yoki qo'shimcha vidjet |
| Telegram | Mijoz yozishmasi, katalog, eslatmalar, panel — bot ichida | Pullik qo'shimcha integratsiya |
| To'lov va hujjat | Bo'lib to'lash, Word shartnoma bir tugma bilan | Ko'pincha Excel va qo'lda |
| Til va valyuta | O'zbekcha (lotin va kirill), so'm/dollar, MB kursi | Ko'pincha rus yoki ingliz interfeysi |
| Ishga tushirish | Bir kunda: formalar, bot, kalitlar paneldan ulanadi | Ko'pincha integrator xizmati |
To'rt qadamda ishga tushadi
Sizga alohida manzil, alohida baza va xavfsiz kirish (https)
Meta, Telegram bot, AI — Integratsiyalar bo'limida qadam-baqadam qo'llanma bilan
Har biriga kerakli bo'limlar; kirish parol yoki Telegram orqali
Formalar, katalog va Akademiya kurslari tayyor
Ko'p beriladigan savollar
Telefonda ishlaydimi?
Ha. Panel telefonda brauzerda to'liq ishlaydi, uni ilova kabi bosh ekranga qo'shish mumkin. Telegram ichida ham ochiladi — bot menyusidagi «Panel» tugmasi bilan, parolsiz.
Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?
Har bir mijoz uchun alohida loyiha va alohida baza ochiladi. API kalitlar faqat serverda saqlanadi, brauzerga chiqmaydi. Har xodim faqat o'ziga ochilgan bo'limlarni ko'radi.
Qaysi tillarda ishlaydi?
O'zbek tilida — lotin va kirill yozuvida (har xodim o'zi tanlaydi). Menyu va asosiy bo'limlar rus tilida ham bor.
Qaysi reklama tizimlari ulanadi?
Hozircha Meta (Instagram va Facebook): lid-formalar, kreativlar statistikasi, kampaniyalarni boshqarish. Google va TikTok reklamasi keyingi rejalarda.
WhatsApp va IP-telefoniya bormi?
WhatsApp'da mijoz kartasidan bir tugma bilan chat ochiladi. IP-telefoniya Zadarma orqali ulanadi, qo'ng'iroqlar tarixi va yozuvlari kartada saqlanadi.
AI uchun alohida to'lov bormi?
AI sizning Claude kalitingiz bilan ishlaydi — oddiy foydalanishda oyiga bir necha dollar. Mijozlar uchun katalogdagi AI'ga alohida kalit va kunlik limit qo'yiladi, xarajat nazoratda bo'ladi.
Narxi qancha?
Narx sotuvchilar soni va kerakli bo'limlarga bog'liq. Demo vaqtida biznesingizga mos variantni aytamiz.
15 daqiqada o'z biznesingiz misolida ko'rsatamiz
Telefoningizdan ariza qoldirasiz va u qanday qilib sotuvchiga tushishini, eslatma kelishini va hisobotda ko'rinishini jonli ko'rasiz.